Bananli foster




Bananli foster  — sariyogʻ, jigarrang shakar, dolchin, toʻq rom va banan likyorli sous bilan banan va vanil muzqaymoqlaridan tayyorlangan desertshirinlik. Bananlar shakar qoʻshib sariyogʻ ichida ozgina qovuriladi, undan keyin alkogol qoʻshiladi va olovga qoʻyiladi. Alangada pishirgandan soʻng, muzqaymoq ustiga sousdagi bananlar qoʻyiladi. Bu shirinlikka vanilli muzqaymoq yoki blin qoʻshib berish mumkin, lekin uni oʻzini ham isteʼmol qilish mumkin. Ziravor sifatida siz dolchin va muskat yongʻogʻini qoʻshishingiz mumkin.

Yaratilish tarixi



Shirinlik 1951-yilda AQShning Luiziana shtatining Yangi Orlean shahridagi "Brennan" mehmonxonasida Pol Blonj tomonidan yaratilgan. Desert oʻsha paytda Yangi Orlean jinoyat komissiyasining raisi boʻlgan Ouen Brennanning doʻsti Richard Foster sharafiga nomlangan. Hozirgacha bu shirinlik Yangi Orleandagi eng yaxshi restoranlarda, shuningdek, dunyodagi koʻplab restoranlarda tansiq taom sifatida tortiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz