Bambi, a Life in the Woods




Bambi, a Life in the Woods (tarjimasi Bambi, oʻrmondagi hayot; olmoncha: Bambi: Eine Lebens­geschichte aus dem Walde) — avstriyalik yozuvchi Felix Salten qalamiga mansub 1923-yilda yozilgan roman. Dastlab, Berlindagi Ullstein Verlag nashriyotida chop etilgan. Romanda erkak yosh kiyik — Bambining tugʻilishidan to bolaligigacha boʻlgan hayoti, onasidan ayrilishi, juftini topishi, otasidan olgan saboqlari va inson tomonidan paydo boʻladigan xavf-xatarlar haqida tajribasi aks etgan.

Whittaker Chambers tomonidan mahorat bilan amalga oshirilgan ingliz tilidagi tarjimasi Shimoliy Amerikada Simon & Schuster nashriyotida 1928-yilda chop etilgan hamda shu vaqtdan buyon roman dunyoning 30 dan oshiq tillariga tarjima qilingan va chop etilgan. Salten 1939-yilda romanning davomi boʻlgan Bambi's Children („Bambining bolalari“) kitobini ham chop etdi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz