BALZAMLI O’SIMLIKLAR



BALZAMLI O’SIMLIKLAR – tanasida balzam bo’ladigan o’simliklar. Asosan issiq va mo’tadil iqlimli mamlakatlarda, qisman shimol va o’rtacha kengliklarda tarqalgan. Balzamli o’simliklarning miroksilon pereiray (myroxylon pereirae), toluifera balzamum (Toyifera balsamum) va kopaifera (Copaifera) kabi turlari juda mashhur. Mikroksilon pereiray San-Salvadorda va Markaziy Amerikada yovvoyi holda o’sadi, Shrilanka orolida esa ekib o’stiriladi. Undan Peru balzami olinadi. Toluifera Kolumbiya va Venesuelada tarqalgan; undan tolu balzami olinadi. Kopaifera Janubiy Amerikaning issiq mintaqalarida tarqalgan. Undan kopay balzami olinadi. Suriyada uchraydigan likvidambar yoki stiraks (Liqudambar orientalis) daraxtidan xushbo’y suyuq balzam — stiraks olinadi. O’rta dengizning Yevropa sohilida o’sadigan stirakslarga mansub buta (Stira officinalis) ning chekimliklarni xushbo’y qilishda ishlatiladigan hamda diniy marosimlarda tutatiladigan xushbo’y smola olinadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz