Balxash (tuman)
Balxash tumani (qozoqcha: Балқаш ауданы) — Almati viloyatining shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan maʼmuriy hudud. 1932-yil tashkil topgan. Yer maydoni 37,4 ming km. Aholisi 30,5 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km-ge 0,8 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman markazi — Baqanas qishlogʻi .
Aholisi
Tuman aholisi 2013-yilgi maʼlumot boʻyicha 30,584 kishini tashkil qildi, oʻrtacha zichligi 1 km-ge 0,8 kishidan toʻgʻri keladi. Tuman aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mukin: (1-yanvar 2010-yil):
Geografiyasi
Yer yuzasi tekislikdan iborat. Tumandagi eng yirik daryo — Ile. Iqlimi kontinental. Qishi sovuq, yozi issiq va quruq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati (-13 — 15 °C), iyulniki 24 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 100 – 150 mm.
Xoʻjaligi
Tuman iqtisodining asosiy sohasi — qishloq xoʻjalgi. Tumandagi qishloq xoʻjaligi foydalanadigan yerning maydoni 1,8 mln. ga. Haydalgan yeri 17 ming ga. Unga buyʼdoy (7,8 ming ga), guruch (8,1 ming ga), koʻkatlat (335 ga) va kartochka (411 ga) ekiladi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org