Baluj tili




Baluj tili — Baluj (balach, baluch) xalqi tili. 5,7 mln.ga yaqin kishi soʻzlashadi. Ular Pokiston (2 mln.ga yaqin), Eron, Afgʻoniston, Hindiston, Oʻrta Osiyoda - Mari (Turkmanistan), Koʻlob (Tojikiston)da yashaydi. Baluj tili Eron tillari shim.-gʻarbiy turkumiga mansub. Tarkibida 5 ta (gʻarbiy, sharqiy) shevalar guruhi bor. Baluj tili da sirgʻaluvchi, qoʻshaloq, serebral unli tovushlar mavjud. Hozirgi fleksiyaning buzilishi va analitik qurilish yuz bermoqda. Baluj tili da 4 kelishik, 2 nisbat, 4-mayl, 10 ga yaqin zamon boʻlib, baʼzi shevalarida ergativ tuzilish bor. Jins kategoriyasi yoʻq. Lugʻat tarkibida Forscha, Urdu, Arabcha, Turkcha soʻzlar mavjud.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz