BALUJ TILI
BALUJ TILI – baluj (Balach, Baluch) xalqi tili. 5,7 millionga yaqin kishi so’zlashadi. Ular Pokiston (2 millionga yaqin), Eron, Afg’oniston, Hindiston, O’rta Osiyoda — Mari (Turkmanistan), Ko’lob (Tojikiston) da yashaydi. Baluj tili Eron tillari shimoliy-g’arbiy turkumiga mansub. Tarkibida 5 ta (g’arbiy, Sharqiy) shevalar guruhi bor. Baluj tilida sirg’aluvchi, qo’shaloq, tserebral unli tovushlar mavjud. Hozirgi fleksiyaning buzilishi va analitik qurilish yuz bermoqda. Baluj tilida 4 kelishik, 2 nisbat, 4 mayl, 10 ga yaqin zamon bo’lib, ba’zi shevalarida ergativ tuzilish bor. Jins kategoriyasi yo’q. Lug’at tarkibida fors, urdu, Arab, turkiy so’zlar mavjud.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz