BALTUSHIS



BALTUSHIS (Baltusis) Yuozas (taxallusi; asl ismi Albertas Yuozenas) (1909— 1991) —Litva xalq yozuvchisi (1969). Ilk asarlarini 1932 yildan e’lon qila boshlagan. “Hafta yaxshi boshlanadi” (1940), “Oqbeda” (1943) kabi hikoya va ocherklar to’plami, “Sotilgan yillar” (1 —2-jild, 1957 — 69), “Yuzos haqida qissa” (1979) kabi romanlar hamda avtobiografik povest, pyesa va hikoyalar muallifi. “Sotilgan yillar” romani va boshqa bir qator asarlarida bir turkum litvalik dehqonlar obrazi yaratilgan, qishloqdagi ijtimoiy-iqtisodiy turmush o’z ifodasini topgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz