Baltimor
Baltimor — AQShdagi shahar va port, Merilend shtatida, Atlantika okeanining Chesapik qoʻltigʻi sohilida. Aholisi 2 mln. kishi (shahar atrofi bilan birga, 1990). B. AQShning muhim transport, savdomoliya, sanoat va madaniy markazlaridan. Qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik (asosan kemasozlik, elektrotexnika, radioelektronika, aviaraketa), neftni qayta ishlash, kimyo, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. B. porti umumiy yuk oboroti boʻyicha mamlakatdagi portlar orasida oldingi oʻrinda turadi. B.da universitetlar, konservatoriya, ilmiy muassasalar, muzeylar bor. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. B.ga 1729-yilda asos solingan. Potomak daryosi boʻyida birinchi koloniya barpo etgan lord Baltimor nomiga qoʻyilgan.
Baltimor - (inglizcha
"Baltimore" ) AQSh sharqidagi shaharlaridan biri, Maryland shtatida joylashgan yirik shahar.
Manbalar
uz.wikipedia.org