BALNEOTEXNIKA



BALNEOTEXNIKA (balneo… va texnika) — sanitariya texnikasining bir bo’limi; mineral suvlarni tugab qolishi hamda ifloslanishidan saqlash uchun balneologiya ma’lumotlariga asoslanib, zarur sharoit tug’dirish va ulardan davolash-profilaktika maqsadida samarali foydalanish usullarini ishlab chiqadi. Shifobaxsh balchiqni manbaidan shifoxonalarga keltirish va tabiiy xossalariga putur yetkazmasdan isitib berish va ishlatish ham Balneotexnikaning vazifasidir.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz