BALLISTIK TRAEKTORIYA



BALLISTIK TRAEKTORIYA – aerodinamik ko’tarish kuchidan xoli bo’lgan jismning harakat yo’nalishi. Yer atmosferasi chegarasida harakatlanayotgan ballistik raketalar atmosferaning qalin qatlamiga kichik ataka burchagi bilan kirayotganligi tufayli ko’tarish kuchi boshqa kuchlar (jumladan, raketaning og’irlik kuchi) ga nisbatan hisobga olmaslik darajasida kichik bo’lganligidan ular amalda Ballistik traektoriya bo’yicha harakatlanadi. Raketalar va kosmik apparatlar (ka) ning atmosferadan tashqaridagi harakati har doim Ballistik traektoriya bo’yicha amalga oshadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz