BALLISTIK RAKETA
BALLISTIK RAKETA – dvigateli to’xtagandan so’ng ballistik traektoriya (erkin otilgan jism traektoriyasi) bo’ylab uchadigan raketa. Aerodinamik ko’tarish kuchi hosil qiluvchi sirtning yo’qligi bilan qanotli raketadan farq qiladi. Aerodinamik barqarorlik hosil qilish uchun Ballistik raketa, ba’zan, muvozanatlashtiruvchi moslamalar bilan ta’minlanadi. Turli tipdagi jangovar raketalar (Qitalararo raketalar ham), eltuvchi va kosmik raketalar Ballistik raketa jumlasiga kiradi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz