Baliqko‘z




Baliqkoʻz (Climacoptera) — shoʻradoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻtlar turkumi. Boʻyi 5 — 50 sm, poyasi tukli. Barglari mayda, etdor, poyada qaramaqarshi joylashgan. Mevasi qizgʻish yoki sargʻish pardasimon qanotchalarga ega. Iyun — iyulda gullaydi, oktabrda pishadi. Oʻrta Osiyo hududida choʻl mintaqalarida shoʻr (taqir) va shoʻrxok tuproqlarda oʻsadi. 10,5% protein, 11,5% kletchatka va 1,5% moi, poya va barglarida esa 1,3% limon kislota boʻladi. Oʻzbekistonda bir nechta turi tarqalgan.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz