BALIQCHI-UKKI



BALIQCHI-UKKI (Ketupa reylonensis) — yapaloqqushlar oilasiga mansub qush. Boshining ikki yonida bir tutamdan uzun patlari — “quloqlari” bor. Patlari nozik va naqshdor, och qo’ng’ir rangli. Barmoqlari va uzun kafti patsiz, yalang’och, tirnoqlari changal bo’lib, suvda baliq tutishga moslangan. Janubiy-Sharqiy Osiyoda tarqalgan. Rossiyaning Uzoq Sharq o’lkasida o’troq yashaydi, lekin juda kam uchraydi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz