Baliq uni




Baliq uni — baliqdan yoki baliqni konservalash chiqitlaridan tayyorlanadigan un. Baliq uni oqsil, kalsiy va fosforga boy boʻlib, qishloq xoʻjaligi hayvonlariga beriladi. Tarkibida 50 — 55% oqsil, 10 — 20% yogʻ, 30% gacha kalsiy fosfat, 5% gacha osh tuzi va A, V, D vitaminlari bor. Baliq uni organizmda juda yengil hazm boʻladi. Shuning uchun birinchi navbatda yosh hayvonlarga, joʻjalarga (kundalik yemining 10% miqdorida), tovuqlarga, baʼzan katta yoshdagi hayvonlarga ham beriladi. Sigirga kuniga 1 — 1,5 kg Baliq uni berilsa, sut va goʻsht sifati buzilmay, mahsuldorligi oshadi. Baliq uni Oʻzbekistonda Moʻynoq baliq konserva zavodida tayyorlanadi.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz