BALIQ OVLASH — xalq xo’jaligi sohasi. Baliq okean (dengiz), qirg’oq bo’yi, ko’l va daryolarda ovlanadi. Baliq okean (dengiz)da uzoq vaqt suza oladigan, baliqchilik va baliqni qayta ishlashga oid asbob uskunalar (tral, yoyma va drifter to’r) bilan jihozlangan kemalarda tutiladi. Shuningdek, qirg’oqdan uzoq masofada Baliq ovlashda maxsus ekspeditsiya xizmatidan foydalaniladi. Baliq ovlash ekspeditsiyasiga bevosita Baliq ovlash ishlari bilan shug’ullanuvchi kemalardan tashqari baliqni joyida qabul qilib oladigan va bir yo’la qayta ishlaydigan, qidiruv ishlarini olib boradigan kemalar, tankerlar xizmat qiladi. Baliq ovlash texnikasi ancha takomillashtirilgan, samolyot, vertolyot, projektor, radiolokasiya yordamida Baliq ovlash usullari joriy etilgan. O’zbekistonda, asosan, Qoraqalpog’istonning sho’r ko’llarida, yirik suv omborlarida, shuningdek Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon va Qashqadaryo havzalarida baliq ovlanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish