Bali




Bali — Malayya arxipelagidagi orol. Indoneziyaga qarashli Kichik Zond o.lari toʻdasida. Maydoni 5,6 ming km². Aholisi 2 mln. kishidan ortiq. Yirik shahri — Denpasar. Orolning yer yuzasi togʻli, sharqiy qismida Agung vulkani (balandligi 3142 m) bor. Iqlimi tropik, musson iqlimi. Yozi seryogʻin (yiliga 1500 mm va undan ortiq). Tropik oʻrmonlar bilan qoplangan. Plantatsiyalarda sholi, kofe, kakao yetishtiriladi. B. Indoneziya madaniyati va sanʼatining qad. markazi. B.da meʼmoriy yodgorlik koʻp, jumladan "Qirollar mozori" (11-asr) — qoyaga oʻyib ishlangan fasadlar, "Fil gʻori" (13-asr) va boshqa Orolga koʻplab turistlar kelib turadi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz