BALI



BALI — Malayya arxipelagidagi Orol. Indoneziyaga qarashli kichik zond orollari to’dasida. Maydoni 5,6 ming kilometr kvadrat. Aholisi 2 million kishidan ortiq. Yirik shahri — Denpasar. Orolning yer yuzasi tog’li, Sharqiy qismida Agung vulkani (balandligi 3142 metr) bor. Iqlimi tropik, musson iqlimi. Yozi seryog’in (yiliga 1500 millimetr va undan ortiq). Tropik o’rmonlar bilan qoplangan. Plantasiyalarda sholi, kofe, kakao yetishtiriladi. Bali Indoneziya madaniyati va san’atining qadimgi markazi. Balida me’moriy yodgorlik ko’p, jumladan “Qirollar mozori” (11-asr) — qoyaga o’yib ishlangan fasadlar, “Fil g’ori” (13- asr) va boshqalar. Orolga ko’plab turistlar kelib turadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz