Baletmeyster




Baletmeyster (nem. Ballettmeister — balet ustasi) — balet spektakllari, xoreografik chiqishlar, opera, operetta, dramatik spektakllardagi raqs sahnalarining muallifi va sahnalashtiruvchisi. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston va Ozarbayjonda milliy musiqali drama spektakllari uchun raqslarni sahnaga qoʻyuvchilar ham B. deyiladi. B. baletda butun spektaklning xoreografik shaklini libretto asosida, musiqa ritmi va ohanglariga mos qilib ishlab chiqadi va raqqos(a)larga oʻrgatadi. B. baletda bosh ijodkor boʻlsa, boshqa janrlarda yordamchidir. Oʻzbekistonda Q. Mirkarimova, G. Izmaylova, B. Qoriyeva, K. Moʻminov, Yu. Ismatova, V. Oqilova, M. Ergashevalar yetakchi B.lardir.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz