Balerina
Balerina (ital. baleriana, lot. Ballo — raqsga tushaman) — balet truppasidagi raqqosa. B. atamasi jahon sanʼatiga 19-asrning 2-yarmida kirib kelgan. Italiyalik mohir raqqosa (balerina)larning butun dunyo sahnasidagi muvaffaqiyatli chiqishlari bilan bogʻliq. 20-asr boshidan barcha balet raqqosalariga nisbatan ishlatiladi.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org