Balbas qo‘y zoti




Balbas qoʻy zoti — goʻshti, juni va suti uchun boqiladigan qoʻy zoti. Vatani Turkiya. Bu qoʻy zoti qoʻshaloq quyrugʻi bilan boshqa zotlardan ajralib turadi. Goʻsht sifati yaxshi. Koʻchqorlarining tirik vazni 85–90 kg , sovliqlariniki 55 – 60 kg . Qoʻchqorlarining dumbasi 12 kg gacha, sovliqlarida 5–6 kg . Qoʻchqorlaridan 3,0—4,0, sovliqlaridan 2,5—2,8 kg dagʻal jun olinadi. Jun kokili uz. 11—17 sm, 60—65% sof jun chiqadi. Oʻrtacha 124– 130 kg sut beradi. 100 sovliqdan — 120 qoʻzi olinadi.

Armaniston, Ozarbayjon, Shim. Eron, Turkiya va boshqa mamlakatlarda boqiladi. Oʻzbekistonda kam tarqalgan. Baland togʻli yaylovlarda boqishga yaxshi moslashgan. Junidan gilam, kamvol gazlamalar tayyorlanadi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz