BALBAS QO’Y ZOTI



BALBAS QO’Y ZOTI — go’shti, juni vasuti uchun boqiladiganq o’y zoti. Vatani Turkiya. Bu qo’y zoti qo’shaloq quyrug’i bilan boshqa zotlardan ajralib turadi. Go’sht sifati yaxshi. Ko’chqorlarining tirik vazni 85-90 kilogramm, sovliqlariniki 55 — 60 kilogramm. Qo’chqorlarining dumbasi 12 kilogrammgacha, sovliqlarida 5-6 kilogramm. Qo’chqorlaridan 3,0—4,0, sovliqlaridan 2,5—2,8 kilogramm dag’al jun olinadi. Jun kokili uzunligi 11-17 santimetr, 60-65% sof jun chiqadi. O’rtacha 124— 130 kilogramm sut beradi. 100 sovliqdan — 120 qo’zi olinadi. Armaniston, Ozarbayjon, Shimoliy Eron, Turkiya va boshqa mamlakatlarda boqiladi. O’zbekistonda kam tarqalgan. Baland tog’li yaylovlarda boqishga yaxshi moslashgan. Junidan gilam, kamvol gazlamalar tayyorlanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Uzpedia.uz