BALASHEV NIKOLAY NIKOLAYEVICH
BALASHEV NIKOLAY NIKOLAYEVICH (1902, Xabarovsk shahri- 1977.25.9, Toshkent) — agronom olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1962), qishloq xo’jalik fanlari doktori (1952), professor (1952). O’rta Osiyo davlat universitetining qishloq xo’jalik fakultetini bitirgan (1923). 1930 — 41 yillarda Toshkent qishloq xo’jaligi institutida dotsent, dekan, ayni paytda O’zbekiston qishloq xo’jalik tajriba stansiyasida (1925 — 35), O’zbekiston sabzavotchilik, kartoshkachilik tajriba stansiyasida bo’lim boshlig’i (1935— 41; 1944 — 46). Toshkent qishloq xo’jaligi institutida sabzavotchilik kafedrasi mudiri (1946 — 77). Ilmiy ishlari O’rta Osiyoda kartoshka va sabzavot ekinlari agrotexnikasi, urug’chiligining amaliy va nazariy masalalariga bag’ishlangan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz