BALAPANTOV



BALAPANTOV – Markaziy Qizilqumdagi tog’. Tomditovning Sharqiy qismi. Mutlaq balandligi 493 metr. Shimolda Sho’shaqtov tog’laridan tektonik botiq orqali ajralgan. Sharqiy va Janub etaklari Yomonqum cho’liga tutash. Balapantov karbon davrining slanes va konglomeratlaridan tarkib topgan, yon bag’irlari yassi. Balapantovning suvayirg’ich qismi yassi tekislik, Janubiy yon bag’ri tik. Janubiy yon bag’ridagi soylar u qadar chuqur emas, vodiylari ancha keng, soylar slanes sharchalari bilan qoplangan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi



Uzpedia.uz