BALANSOMER — yer sirti yoki atmosferadagi istalgan nuqtaning radiasiya (nur) balansini (yutilgan radiatsiya bilan qaytgan radiasiya orasidagi farqni) o’lchaydigan asbob. Balansomerning ko’p xillari bor. Lekin termoelektrik Balansomer ko’proq ishlatiladi. Uning asosiy ish qismi qoraytirilgan ikkita mis plastinkadan iborat. Ulardan biri Quyosh va atmosferaning yuqori qatlamlaridan keladigan radiatsiyani, ikkinchisi yer sirtidan qaytgan va atmosferaning past qatlamlaridan keladigan radiasiyani qabul qiladi. Plastinkalar temperaturalari farqiga qarab radiatsiya balansi aniqlanadi. O’zbekistonlik olimlar M. Lyutershteyn va T. Skvorsovlar birinchi bo’lib (1930 yil) Toshkentda o’zlari ixtiro qilgan Balansomer yordamida yer sirtining radiatsiya balansini uzluksiz yozib borish usulini ishlab chiqishgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish