Bakteriyalar avlodlari ro'yxati
Maskur maqolada bakteriyalarning avlodlari haqida maʼlumotlar keltirilgan. Hozirgi vaqtda qabul qilingan ushbu taksonomiya Nomenklaturada (LPSN) va Milliy Biotexnologiya Axborot Markazi (NCBI) bilan prokariotik organizmlar nomlari roʻyxatiga asoslanadi. Biroq, koʻplab taksonomik nomlar GTDB nashri 07-RS207 (2022-yil 8-aprel) dan olingan.
Ahamiyati
Maskur bakteriyalarning tasnifini yaratishdan asosiy maqsad quyidagi sohalar uchun qulaylik yaratish maqsadida amalga oshiriladi.
Tibbiyotda
Inson salomatligiga putur yetgan holatlar, kasalliklar, tugʻma nuqson, shikastlanishlar, ortirilgan kasalliklar va ayniqsa yuqumli kasalliklarning kelib chiqishida asosiy omil boʻlib Bakteriyalar hizmat qiladi va bu jarayonda ularga qarshi kurashni talab qiladi. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun bakteriyalarga qarshi dori vositalaridan foydalaniladi. Dorilarni berishdan oldin mikroblarning turlari, patogenligi, tuzlishi, chidamliligi va boshqa xossalarini aniqlash katta ahamiyatga ega. Har bir bakteriyaning turkumi, sinfi, oilasi va tartibiga koʻra turli xil xususiyatga ega va bemorlarga beriladigan dori vositalar ham maskur bakteriyalarning turiga va tasnifiga qarab shifokor tomonidan tavsiya qilinadi.
Qishloq xoʻjaligida
Bakteriyalarning qishloq xoʻjaligidagi ahamiyati benihoyat katta. Ular tuproqdagi oʻsimlik va hayvonlar qoldiqlarini parchalab uning unumdorligini oshiradi. Shuning baʼzi oʻgʻitlarni olishda va biogumus tayyorlashda ham bakteriyalarning oʻrni katta.
Tabiatda
Halok boʻlgan oʻsimlik va hayvonlarning tanasi va boshqa zararli organizmlar bakteriyalar tomonidan parchalanib tabiat ifloslanishini va ularning k’payib ketishini oldini oladi. ayvon va oʻsimlik oqsillari Bakteriyalar tomonidan minerallashib, avval ammiakka, soʻng nitrit va nitratlarga aylanadi. Ammoniyli tuzlar ham, nitratlar ham yuksak oʻsimliklar uchun oziq boʻladi, ular shu tuzlardan foydalanib, oʻz tanasida oqsil hosil qiladi. Bakteriyalar boshqa biogen elementlarni ham minerallashtiradi.
Sanoatda
Bakteriyalar yordamida zigʻir, kanop va koʻpgina tolali oʻsimliklar ivitiladi. Sutdan qatiq, sariyogʻ, pishloq va boshqa mahsulotlar tayyorlashda ham Bakteriyalarning har xil turlaridan foydalaniladi. Sanoatda Bakteriyalarning tegishli turlari yordamida kraxmalli yoki boshqacha xom ashyodan sut (laktat) kislota, atseton, etil spirt, butil spirt va boshqa turdagi spirtlar, dekstrin, diatsetil, antibiotiklar, vitaminlar, aminokislota va b. olinadi.
Roʻyxat
uz.wikipedia.org