Bakteriuriya




Bakteriuriya (bakteriyalar va yun. shop — siydik) — siydikda bakteriyalar boʻlishi; buyrak va siydikning yalligʻlanish kasalliklari, shuningdek ich terlama, brutsellyoz, leptospiroz va boshqa yuqumli kasalliklarda kuzatiladi. Chin va soxta boʻladi. Chin B.da mikroblar siydik yoʻllarida koʻpayib turadi. Soxta B.da mikroblar qondan siydikka oʻtadi-yu, koʻpaymay chiqib ketadi. Yuqoridagi kasalliklarda bakteriyalar qondan siydikka oʻtadi. Siydik chiqarish kanali (uretra)da doim mikroblar boʻlganligi uchun sogʻlom kishilar siydigidan ham koʻpincha bakteriyalar topiladi. B.ni aniqlash uchun siydik maxsus muhitlarda undiriladi, choʻkmasi mikroskopda koʻzdan kechiriladi. Ich terlama, brutsellyoz, rikketsioz, leptospiroz bilan ogʻrigan kishilarning siydigi bilan bakteriyalar chiqishi tevarak-atrofdagi kishilarga kasallik yuqishi xavfini tugʻdiradi.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz