BAKTERIURIYA



BAKTERIURIYA (bakteriyalar va Yunoncha shop — siydik) — siydikda bakteriyalar bo’lishi; buyrak va siydikning yallig’lanish kasalliklari, shuningdek ich terlama, brusellyoz, leptospiroz va boshqa yuqumli kasalliklarda kuzatiladi. Chin va soxta bo’ladi. Chin Bakteriuriyada mikroblar siydik yo’llarida ko’payib turadi. Soxta Bakteriuriyada mikroblar qondan siydikka o’tadi-yu, ko’paymay chiqib ketadi. Yuqoridagi kasalliklarda bakteriyalar qondan siydikka o’tadi. Siydik chiqarish kanali (uretra)da doim mikroblar bo’lganligi uchun sog’lom kishilar siydigidan ham ko’pincha bakteriyalar topiladi. Bakteriuriyani aniqlash uchun siydik maxsus muhitlarda undiriladi, cho’kmasi mikroskopda ko’zdan kechiriladi. Ich terlama, brusellyoz, rikketsioz, leptospiroz bilan og’rigan kishilarning siydigi bilan bakteriyalar chiqishi tevarak-atrofdagi kishilarga kasallik yuqishi xavfini tug’diradi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz