Bakteritsid qog`oz




Bakteritsid qogʻoz (bakteriyalar va lot. caedere — oʻldirmoq) — kumush nitrat va kumush xlorid eritmasi shimdirilgan gʻovak qogʻoz; tarkibida 1 – 2 mg kumush tuzi bor. Mikroblarni oʻldirish xususiyatiga ega. Katgaligi 10-14 sm. Yarachaqalarni davolashda, kuyishning yengilroq shaklida dezinfeksiyalovchi vosita sifatida ishlatiladi. Badan chaqalanganda yoki ozgina jarohatlanganda Bakteritsid qogʻoz ni suvga sal hoʻllab, jarohatga yopiladi, ustidan paxta qoʻyib, bint bilan bogʻlanadi. Jarohat qonayotgan boʻlsa, Bakteritsid qogʻoz hoʻllanmasdan qoʻyila beradi. Bakteritsid qogʻoz chinni yoki toʻqjigarrang shisha bankalarda saqlanadi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz