BAKTERIOLIZ



BAKTERIOLIZ — bakteriyalarning antitelolar, bakteriofaglar, lizosim, antiseptiklar, ximioterapevtik moddalar, autoliz ta’sirida erishi, immun reaktsiyalarning bir turi. Bakterioliz bakteriya hujayrasi devoridagi peptidoglikon va tsitoplazma membranasining yemirilishidan iborat. Spetsifik (bakteriofaglar, bakteriolizinlar, lizosim ta’sirida) va nospesifik (ayrim gidrolitik fermentlar, fizik va kimyoviy omillar ishtirokida) Bakterioliz farq qilinadi. Bakterioliz odam va hayvonlar organizmida mikrobga qarshi antitelolar ta’sirida ro’y beradi. Bu jarayon bakterioliz reaktsiyasi deb atalib, laboratoriya sharoitida ham qo’llaniladi. Oldindan tayyorlab qo’yilgan ma’lum immun zardob vositasida kasallik mikrobini aniqlash mumkin. Reaktsiya oqibatida mikrob hujayrasining yuzasidagi moddalar parchalanib, ichidagi mahsulot atrof muhitga ajralib chiqadi. Bu reaktsiyadan asosan organizmda mikrobga qarshi (masalan, vabo kasalligida) antitelolar hosil bo’lish jarayonini o’rganishda foydalaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz