Bakterial kasalliklar




Bakterial kasalliklar , bakteriozlar (oʻsimliklarda) — oʻsimliklarda bakteriyalar qoʻzgʻatadigan yuqumli kasalliklar. Bakteriyalar taʼsirida oʻsimlik organizmidagi hayotiy jarayonlar buziladi, toʻqima va hujayralarning fiziologik funksiyasi hamda tuzilishi oʻzgaradi. Gʻoʻza, tamaki, pomidor, kartoshka, karam, bodring, piyoz, sabzi, gʻalla ekinlari, mevalar va tokni zararlaydi va qishloq xoʻjaligiga katta zarar yetkazadi. Bakteriozlarning bir necha xili farqlanadi: chirish (toʻqimalarning yumshab, qurishib, parchalanib ketishi, ildiz chirishi); dogʻlar (barg yoki yosh novdalar va mevalarda dogʻlar paydo boʻlishi); kuyish (gul, tuguncha, barg va novdalarning qoʻngʻir tusga kirib, qorayishi); bakterial rak (ildiz, poya yoki novdalarda shish hamda yaralar paydo boʻlishi); shira oqishi (gommoz). Bakteriyalar oʻsimlik ichiga barg ogʻizchalari, nektar ajratuvchi bez teshiklari yoki jarohatlangan joylardan kirishi mumkin. Bakteriya organizm ichiga kirgach, hujayralararo toʻsiqni eritib, toʻqimalararo yoʻllar bilan tarqaladi. Natijada toʻqima chirigan kartoshka va sabzi ildizmevasi kabi yumshab qoladi. Kasallikning bunday kechishi parenximatoz (toʻqima kasalligi) deb ataladi. Boshqa tur bakteriyalar oʻsimlikning oʻtkazuvchi nay tutam (tomir)larida tarqalib, tomirlar bakteriozini qoʻzgʻatadi. Bunda oʻsimlik faqat naylarning tiqilib qolishi tufayli emas, balki bakteriyalar ajratgan zaharli moddalar — toksinlar taʼsiridan ham soʻliydi. Kasallangan oʻsimlik qoldiqlari bor tuproq asosiy infeksiya (yuqum) manbai hisoblanadi. Bakteriozlar urugʻlik, kasallangan oʻsimlik qoldiqlari, shamol, shuningdek atmosfera yogʻinlari, hasharotlar va b. bilan tarqalishi mumkin. Doʻl barg va poyalarni shikastlab, bakteriozning tezda avj olishiga sabab boʻladi.

Kurash choralari: hosil yigʻib olingach, oʻsimlik qoldiqlarini ildizi bilan birga yoʻq qilish, shuningdek qabul qilingan almashlab ekish qoidalariga rioya qilish; kasalliklarga chidamli navlarni ekish. Agrotexnika choratadbirlari kutilgan natijani bermasa, unda maxsus kimyoviy preparatlar — pestitsidlardan foydalaniladi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Bakterial kasalliklar haqida uzunroq ma'lumot

Bakterial kasalliklar — odamlar, hayvonlar va o'simliklarda yuzaga keladigan, bakteriyalar sabab bo'ladigan yuqumli kasalliklar guruhidir. Bakteriyalar — mikroskopik, birhujayrali mikroorganizmlar bo‘lib, ular turli xil sharoitlarda yashay oladi va ko‘payadi. Ba’zi bakteriyalar odam organizmi uchun foydali bo‘lsa, boshqalari esa toksinlar ishlab chiqarib kasallik yuzaga keltiradi.

Bakterial kasalliklarning turlari va belgilari

Bakterial kasalliklar juda turlicha bo‘lib, ularning rivojlanishi, davomiyligi va og‘irligi turiga qarab farqlanadi. Odatda quyidagi kasalliklar bakteriyalar ta’siri ostida kechadi:

Bakterial kasalliklarning uzatilish yo‘llari

Bakterial infeksiyalar organizmga turli yo‘llar bilan kirishi mumkin:

Bakterial kasalliklarning oldini olish

Bakterial kasalliklarning oldini olish uchun quyidagi chora-tadbirlar muhim hisoblanadi:

Bakterial kasalliklarni davolash

Bakterial infeksiyalar ko‘pincha antibiotiklar yordamida davolanadi. Ammo antibiotiklarni noto‘g‘ri yoki ortiqcha qo‘llash bakteriyalarning antibiotiklarga chidamliligini oshirishga olib keladi, bu esa dori samaradorligini kamaytiradi. Shuning uchun, antibiotiklarni faqat shifokor tavsiyasi bilan va belgilangan dozada qabul qilish juda muhimdir.

Xulosa

Bakterial kasalliklar inson salomatligiga katta xavf tug‘diradi, ammo vaqtida aniqlash, to‘g‘ri muolaja va profilaktika choralari kasalliklarni oldini olish va ularning asoratlarini kamaytirishga yordam beradi. Gigiyena qoidalariga rioya qilish, uzoq muddatli sog‘lom turmush tarzini olib borish va tibbiy maslahatlarni o‘z vaqtida qabul qilish — bakterial kasalliklardan himoyalanishning eng muhim omillaridir.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz