Bakr az-Zaranjaro
Bakr ibn Muhammad ibn Ali ibn al-Fazl ibn al-Hasan ibn Ahmad ibn Ibrohim ibn Isʼhoq ibn Usmon ibn Jaʼfar ibn Muhammad ibn Abdulloh al-Ansoriy, al-Buxoriy, az-Zaranjaro, al-Hanafiy (Abul Fazl) (milodiy 1035-yil, hijriy 427-yilda tug‘ilib, milodiy 1118-yil, hijriy 512-yilda vafot etgan) fozil imom bo‘lgan va Abu Hanifa mazhabi haqidagi rivoyatlarni yaxshi bilgan. Ko‘p marotaba umra qilgan va shu tariqa ilmi keng yoyilgan. Hadis bilan ko‘p mashg‘ul bo‘lgan. Hadislar imlo qilgan va undan hadis eshitganlar. Abu Sahl as-Saraxsiy va Abdulaziz al-G‘ulvoniydan fiqh ilmini o‘rganib, faqih bo‘lgan. „Amoliy az-Zaranjaro“ („Zaranjaro imlo qilgan hadislar“) nomli asari bo‘lgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org