Bakr al-Mojrmiy
Bakr al-Mojrmiy (arabcha: بكر الماجرمي— Abu Saad Bakr ibn Rizvon ibn Tagʻril al-Mojrmiy) — Muhaddis.
Bakr al-Mojrmiy IX asr oxirida Samarqandga qarashli Mojram qishlogʻida tugʻilgan.
Ustozi
Bakr al-Mojrmiy hadis ilmining sir-asrorlarini Abulhasan Muhammad ibn Abdulloh ibn Muhammad ibn Jaʼfar al-Kogʻaziydan oʻrgangan va undan hadislar rivoyat qilgan.
Ilmiy safari
Manbalarda Bakr al-Mojrmiy amakisining oʻgʻli muhaddis Asad ibn Ali ibn Tigʻril al-Mojarmiy, Nuh ibn Janoh al-Mojarmiy, Nasr ibn Yasor ad-Dovadiy, Umar al-Mojarmiy, Sobir ibn Mutavakkil al-Mojarmiy, Shuayb ibn Kunjal al-Mojarmiy kabi olimlari bilan ilmiy safarga chiqqani va 321/933 yilda Abu Ali at-Tamoriyning xonadonida mehmon boʻlgani hamda shu erda ilmiy suhbat boʻlgani taʼkidlangan.
Vafoti
Bakr al-Mojrmiy 321/933 yildan keyin vafot etgan.
Adabiyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org