Bakitjan Sagintayev




Sagintayev Baqitjan Abdirovich (tug'ilgan sanasi 13-oktabr 1963, Usharal, Talas tumani, Jambul viloyati, SSSR) — Qozogʻiston sobiq Bosh vaziri.

Biografiyasi



1963-yil 13-oktabrda Usharal qishlog'ida tug'ilgan.

Qozog'iston davlat universitetini tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi.

Milliy Olmaota Instituti, iqtisodiyot, siyosiy iqtisod kafedrasi o'qituvchisi sifatida o'z faoliyatini boshlagan.

1988-1992 - Qozoq davlat universitetida ishlagan.

1992-yildan biznes bilan shug'ullanadi.

1998-yilda Jambul viloyati hokimi o'rinbosari (akim) etib tayinlandi.

1999-2002 Qozog'iston kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash kengashining raisi.

2002-yildan Qozog'iston Respublikasi raqobatni rivojlantirish agentligi boshlig'ining birinchi o'rinbosari.

2004-2007-yillarda — Agentlik raisi.

2007-2008 - Qozog'iston Respublikasi Bosh Vazirining o’rinbosari bo'lib ishlagan.

30-sentabr 2008 — 20-yanvar 2012 — Pavlodar viloyati akimi (hokimi).

20-yanvar 24-sentabr 2012 - Iqtisodiy rivojlantirish vaziri.

2012-2013 — Nur Otan partiyasi raisining o’rinbosari.

16-yanvar 2013-yildan 2016-yilgacha Qozog'iston hududlarni rivojlantirish vaziri.

8-sentabr 2016-yildan 21-fevral 2019-yilgacha - Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz