Bakalyao Alonso Yusnel




Yusnel Bakalyao Alonso ( ispancha: Yusnel Bacallao Alonso; 1988-yil 21-iyun, Kolon, Matanzas) — kubalik shaxmatchi, grossmeyster (2012).

Faoliyati



Bakalyao o‘zining birinchi xalqaro masterlik ballini 2008-yilda ,,Monkada Kubogi”da qo‘lga kiritgan va oradan ko‘p o‘tmay o‘zi tug‘ilgan Matansas provinsiyasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda grossmeyster Yuriy Gonsalesni ortda qoldirib, ikkinchi o‘rinni egallagan. 2009-yilda Kuba milliy chempionatining final bosqichiga qadar yetib borib, xalqaro master unvoni uchun zarur bo‘lgan uchinchi ballni qo‘lga kiritgan va sensatsiya ko‘rsatib, 4-o‘rinni egallagan (ushbu turnirda qo‘shimcha yana bitta o‘rin ajratilgan, biroq 4-o‘rin g‘oliblar qatoriga kiritilmagan). Shu tariqa, Bakalyao xalqaro master unvonini olmagan holda birinchi marta grossmeyster normasini (talablarini) bajargan shaxmatchiga aylangan. (Ayni paytda Bakalyao talab qilinadigan standartning 11 tasini bajarishga erishgandi).

2010-yilda xalqaro masterga aylangan Bakalyao 2012-yilda grossmeyster unvonini olgan. Bu La Roda (Ispaniya) shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro turnirda g‘alaba qozonganidan keyin yuz bergan. Bu turnirda Bakalyao qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha undan oldinda bo‘lgan kubalik grossmeysterlar Sergey Fedorchuk va Xulio Granda bilan birinchi o‘rinni bo‘lishgan. Muvaffaqiyatli o‘yinlari Bakalyaoga Istanbuldagi Shaxmat Olimpiadasida,Kuba jamoasiga kirishga imkon bergan va u oltita o‘yinda to‘rt ochko to‘plagan. O‘sha yili Bakalyao Janubiy Amerika chempionatida ishtirok etib, so‘ngi turgacha medallar uchun davogarlar qatorida bo‘lgan, ammo yakunda atigi 11-26 o‘rinlarni egallagan. 2013-yil boshida Bakalyao yana Kuba chempionatida ishtirok etgan, biroq yana to‘rtinchi o‘rin bilan kifoyalanib, shohsupaga ko‘tarila olmagan.

2017-yilda mutlaq qit’a chempionatida yettinchi o‘rinni egallab, Bakalyao (Lasaro Bruson va Yuriy Gonsales bilan birga) sentyabr oyida Tbilisida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida qatnashish huquqini qo‘lga kiritgan.

Sportchining natijalar jadvali




Reyting o‘zgarishi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz