BAKALAVR



BAKALAVR (lotincha baccalaria — vassalning yer-mulki) — ko’p mamlakatlardagi dastlabki ilmiy daraja. O’rta asrda G’arbiy Yevropa universitetlarida ta’limning birinchi bosqichini tugallagan talabalarga berilgan. O’zbekistonda “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (1997) ga muvofiq universitet va boshqa oliy o’quv yurtlarining 1-bosqichi — bakalavriatni tugatganlarga Bakalavr darajasi beriladi hamda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug’ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi. Ba’zi xorijiy mamlakatlar (masalan, Frantsiya) da o’rta ma’lumotga ega bo’lib, oliy o’quv yurtiga kirib o’qish huquqiga ega bo’lgan shaxs ham Bakalavr deb ataladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz