Bak (musiqiy asbob)




Bak (hangul: 박; hanja: 拍) — koreys saroyida va marosimlarida ijro etiluvchi musiqalarda qoʻllaniladigan, yogʻochdan yasalgan, qarsak tovushini chiqarishga xizmat qiluvchi musiqiy asbob turi. Bakni oʻynagan/chalgan/ijro etuvchi odam jipbak deb ataladi. Ushbu ijrochi guruh uchun dirijor yoki musiqiy nazoratchi boʻlib xizmat qiladi. Musiqa qachon boshlanganini bildirish uchun qarsak chalish kerak boʻlsa, bak qarsak chalish paytida yuzaga keluvchi tovushni yaratish uchun qoʻllaniladi.

Oltita uzun va tor taxtaning ustki qismi ip bilan bogʻlangan, pastki qismi esa ikki qoʻl bilan ochiq tutilgan. Ushbu tuzilish orqali tiniq zarba tovushini hosil qiladi.

Tuzilishi



Bak, taxminan 13 1/2 dyuym x 2 3/4 dyuym boʻlgan 6 ta tekis yogʻoch taxtalardan yasalgan. Plitalar bir uchidan ip yoki shnur bilan bogʻlangan boʻlib, ular yoyilganda fan shaklini hosil qiladi.

Ahamiyati



Koreys xalqi musiqiy madaniyatida ahamiyati yuqori boʻlgan ushbu musiqiy asbob Unified Silla davridan beri foydalanib kelinayotgaligi haqida qaydlar mavjud hamda ushbu instrument musiqa va raqs boshlanishi haqida maʼlumot berish/koʻrsatma berish uchun dirijyorlik qilish maqsadida ishlatilinadi. Guruhni olib borish uchun jipbak bakdan foydalanadi, xuddi dirijyor tayoqchani ishlatadi. Musiqa uch marta qarsak chalish bilan boshlangan va tugashi va sezilarli oʻzgarishlar sodir boʻlganda bak musiqiy asbobi yangrashni boshlaydi. Masalan, Bak tovush namunalarini tinglash: Bak tovushlari

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz