Bai Yuefeng
Bay Yuefeng (1987-yil 25-mayda tugʻilgan), sobiq ismi
Bay Ley millati koreys boʻlgan xitoylik futbolchi, hozirda Xitoy Superligasida „Tianjin Teda“ klubida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Koreys boʻlgan Bay Yuefeng futbol faoliyatini Pekin Huaya Feiying yoshlar jamoasida boshlagan. Keyinchalik Xitoyning yuqori toifadagi „ Shanghai International“ futbol jamoasi skautlari kuzata boshlagan, biroq u mashgʻulot paytida jiddiy jarohat olgan va klub unga boʻlgan qiziqishlarini toʻxtatgan, shunga qaramay Xiamen Blue Lions jamosi unga shartnoma taklif qilgan. 2006-yilgi mavsum boshida ular bilan professional shartnoma imzolangan. Xiamen bilan tezda asosiy tarkibga qoʻshila olgan va 2006-yil 12-martda „Shandong Luneng“ga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Ushbu uchrashuvda magʻlubiyatga uchrashiga qaramay, u tezda jamoada oʻzini namoyon qilgan va 2006-yil 17-sentabrda Shenzhen Kingwayga qarshi liga oʻyinida klub uchun birinchi golini urishga muvaffaq boʻlgan. Keyingi mavsumda u Xiamen jamoasidagi oʻz mavqeini mustahkamlashda davom etgan, biroq 2007-yilgi liga mavsumi oxirida jamoa quyi ligaga tushib ketgan. Bai 2008-yilgi liga mavsumi boshida Xitoyning yangi Superliga jamoasi Guangzhou Pharmaceutical jamoasiga qoʻshilgan va darhol asosiy jamoaning muhim qismiga aylangan va klubning mavsumdagi birinchi liga oʻyinida Shenzhen Xiangxuega qarshi oʻynagan. Mavsum davomida klub murabbiyi Shen Xiangfu uni doimiy ravishda jamoa himoyasiga oʻtkazgan.
Bay „Guangzhou“da oʻzining yaxshi oʻyinlarini davom ettirgan boʻlsa-da, klub kelishilgan oʻyinlar mojarosida ishtirok etgani aniqlangan, bu ularning yuqori ligaga koʻtarilishi bilan bevosita bogʻliq boʻlgan va 2009-yilgi liga mavsumi oxirida quyi ligaga tushib ketgan. 2010-yil 12-fevralda Bay Tianjin Tedaga 1,7 million yevro evaziga qoʻshilgan. U 2010-yilning 14-aprelida 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchragan " Shanhai Shenhua "ga qarshi liga oʻyinida debyut qilgan. Mavsum davomida unga murabbiy Ari Xoan tomonidan koʻproq imkoniyatlar berilgan.
Xalqaro faoliyat
Bay Lei Xitoy milliy futbol terma jamoasi safida ilk bor 2010-yil 4-iyun kuni Fransiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushgan va 1:0 hisobida gʻalaba qozongan. 2011-yilgi Osiyo Kubogi uchun tayyorgarlik sifatida u 2010-yil 8-oktabrda Suriyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida ikkinchi marta maydonga tushgan va 2:1 hisobida gʻalaba qozonishgan.
Faoliyat statistikasi
Yutuqlar
Klub
Tianjin Teda Manbalar
uz.wikipedia.org