Bai Jiajun




 

Bai Jiajun (1991-yil 20-martda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining „Shanghai Shenhua“ klubida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati



Shanghaida tugʻilgan Bai 2000-yilda Genbao futbol akademiyasiga qoʻshilgan va akademiyaning bosh murabbiyi Xu Genbao uni kelajak porloq futbolchi sifatida oʻzi uchun kashf etgan. Bai 2007-yilda Xitoyning Ikkinchi liga jamoasi Shanghai East Asia jamoasiga qoʻshilgan. 2008-yil 31-oktyabrda u oʻzining birinchi golini „Jiangsu Sainty“ga qarshi safarda kiritgan.

2012-yilning 4-iyulida Bai Xitoy Superligasi vakili „Shanghai Shenhua“ga 4 oylik ijara shartnomasi asosida qoʻshilgan. U Superligadagi debyutini 14-iyul kuni oʻz maydonida „Beijing Guoan“ga qarshi oʻyinda (3:1) oʻtkazgan. Shundan soʻng u tezda jamoada oʻzini namoyon qilgan va chap qanot himoyachisiga aylangan. Uning Superligadagi birinchi goli 15-sentabr kuni „Liaoning Whowin“ jamoasi darvozasiga kiritgan. Bai 2013-yil fevral oyida Shanghai Shenhuaga doimiy transfer qilingan. U 2017-yilning 19-noyabrida klub bilan shartnomasini besh yilga uzaytirgan. 2019-yil 7-mart kuni Bay Shanghai derbisida „Shanghai SIPG“ futbolchisi Oskarning boshiga tirsagi bilan zarba bergani uchun beshta oʻyinga diskvalifikatsiya qilingan.

Xalqaro faoliyati



Bai Xitoy U-17 terma jamoasiga ilk bor 2005-yilda chaqirilgan. U 2006-yil sentyabr oyida 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok eta olmagan. 2010-yil yanvar oyida Bai Su Maozhen tomonidan Xitoy U-20 terma jamoasiga chaqiruv olgan. Bai 2012-yil aprel oyida Xitoy U-22 terma jamoasidan chaqiruv olgan va 2012-yil iyun oyida Laos davlatida oʻtkaziladigan 2013-yilgi OFK U-22 Osiyo Kubogi saralashi uchun tarkibga kiritilgan.

2017-yilning 10-yanvarida Bai Xitoy milliy terma jamoasi safida Islandiyaga qarshi 2017-yilgi Xitoy kubogida debyut qilgan va 65-daqiqada Deng Xanven oʻrniga maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi




Yutuqlar



Klub



Shanghai Shenhua

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz