Bahtiyor Abdusamatov
Bahtiyor Xasanovich Abdusamatov (oʻzbekcha: Abdusamatov Bahtiyor Xasanovich) — Oʻzbekiston Respublikasi davlat arbobi, Yunusobod tumani hokimi.
Tarjimai holi
1976-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1996-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. 2003-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini sirtdan tamomlagan. Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida turli lavozimlarda ishlagan. 2011-yildan Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining oʻrinbosari boʻlgan. 2013-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi boʻlgan. Lavozimiga Respublika Oliy Majls Senati tomonidan tasdiqlangan. 2017-yilda Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimi boʻlgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org