Bahromjon Aʼloyev
Bahromjon Joʻraboyevich Aʼloyev — oʻzbek diplomati, filolog. Oʻzbekistonning Fransiya, Portugaliya, Qatar, Quvayt va Iroq davlatlaridagi sobiq elchisi.
Biografiyasi
1963-yil 20-aprelda Namangan viloyatida tug‘ilgan. Filologiya fanlari nomzodi. Favqulodda va muxtor elchi diplomatik martabasiga ega. Fransuz va ingliz tillarini biladi.
Maʼlumoti
1980-1985 — Toshkent davlat chet tillar instituti talabasi.
1985-1989 — Moskva davlat chet tillar instituti magistranti.
1990-1993 — Moskva lingvistika universiteti aspiranti.
1994-1995 — Yevropa Ittifoqi dasturi doirasida Fransiyaning Eks-An-Provans shahridagi korxonalarni boshqarish instituti va Ruan shahridagi Oliy savdo maktabida maxsus kurslar tinglovchisi.
1997-1998 — Parij xalqaro diplomatiya akademiyasi tinglovchisi.
Mehnat faoliyati
1989-1990 — Toshkent davlat chet tillar institutida fransuz tili o‘qituvchisi.
1990-1993 — Harbiy xizmat.
1993-1995 — Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida katta o‘qituvchi.
1995-1996 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasida uchinchi kotib.
1996-1999 — O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasida uchinchi kotib.
1999-2001 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasida birinchi kotib.
2001-2006 — O‘zbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi elchixonasida birinchi kotib, maslahatchi.
2006-2008 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi MDH mamlakatlari va Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i.
2008-2012 — O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi favqulodda va muxtor elchisi.
2009-2012 — O‘zbekiston Respublikasining Portugaliya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.
2012-2014 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i.
2014-2016 — O‘zbekiston Respublikasining Quvayt davlatidagi elchixonasi maslahatchisi.
2016-2022 — O‘zbekiston Respublikasining Quvayt davlatidagi favqulodda va muxtor elchisi.
2018-2022 — O‘zbekiston Respublikasining Qatar davlatidagi favqulodda va muxtor elchisi.
2019-2022 — O‘zbekiston Respublikasining Iroq Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.
2022-yil 14-noyabrdan -O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari.
Oilasi
Oilali. Ikki nafar farzandi bor.
Manbalar
uz.wikipedia.org