Bahrom Yoqubov




Bahrom Yoqubov (1961-yil 1-aprel — 2021-yil 11-mart, Toshkent) — oʻzbek kinorejissori, postanovkachi rejissor va senariy muallifi. „Oʻzbekfilm“ va „Oʻzbektelefilm“ kinostudiyalarida rejissor yordamchisi vazifasida ishlagan.

Ijodi



Ijodiy faoliyatini 1989-yil „Yosh yozuvchining kundaligi“ nomli qisqa metrajli filmni suratga olishdan boshlagan. Faoliyati davomida „Romeo va Julyetta“, „Sarvinoz“ (2004), „Sarvinoz-2 — baxt uchun million“, „Fotima va Zuhra“ (2005), „Sugʻdiyona“ (2006), „Super kelinchak“ (2008), „Tashlandiq“, „Ichkuyov“ (2009), „Majruh“ (2010), „Yondiradi — kuydiradi“ (2011), „O Maryam, Maryam“ filmlarini suratga olgan.

Filmografiyasi




Nizoli vaziyat



2008-yil Bahrom Yoqubov va uning rejissorligidagi „Super kelinchak“ filmida bosh rollardan birini ijro etgan Diana Yagofarovaning jinsiy aloqa qilgan videosi internetda tarqaldi. Ushbu video jamoatchilikning keskin muhokamalariga sabab boʻldi, hatto rejissor aktrisaga videoni koʻrsatib „Super kelinchak“ filmida gonorarsiz suratga tushishga majburlagan, degan mish-mishlar tarqaldi. Bu voqeadan keyin Diana Yagofarova sanʼatdan ketdi va oʻn yilga yaqin hech kimga intervyu bermadi. Bahrom Yoqubov esa bu videoni uyushtirilgan montaj deb atadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz