Bahrom Vafoev Stadium
Bahrom Vafoev nomli stadion — Muborak shahrida joylashgan, 10 000 muxlisga moʻljallangan futbol oʻyingohi. Ushbu oʻyingohda Mashʻal futbol klubi uy oʻyinlarini oʻtkazadi.
2012-yil mart oyidagi koʻrinishi
Tarix
Bahrom Vafoyev nomidagi stadion. Bu mahalliy „Mash’al“ futbol klubining uy arenasi. 10 ming tomoshabinga moʻljallangan. 1980-yillarning boshlarida qurilgan va ochilgan. Keyingi yillarda u bir necha bor rekonstruksiya qilindi. „Mash’al“ futbol klubi asoschisi, klub tashkil topgan yillarda, yaʼni 1980-yillar boshida Muborakdagi korxonalardan biriga rahbarlik qilgan Baxrom Vafoyev nomi bilan atalgan.
Tavisfi
10000 tomoshabinga moʻljallangan. Jami 8ta sektordan iborat. Lekin bugungi kunda 7500 nafar tomoshabin uchun oʻrindiq bor. Shuningdek nogironlar uchun ham alohida joy ajratilgan. CIP va VIP lojalar ham mavjud. Stadion hududida 4ta tabiiy, 4ta sunʼiy maydon mavjud boʻlib, ularning hajmi turlicha. Akademiya tarbiyalanuvchilari ham shu yerda mashgʻulot oʻtkazadi. Qish faslida tabiiy maydonlar yopiladi. Shunda hamma sunʼiy maydondan foydalanadi. 1-2-maydonlar rasmiy oʻyinlarni oʻtkazishga toʻla javob beradi. Futbolchilarni kiynish xonasi bilan issiq va sovuq, hammasi mavjud. Ishqibozlar toʻrtta xududdan kira oladi. Avtoulovlar uchun ham maxsus joy qilingan. Buni ichida yuqorida aytib oʻtganimdek 8ta maydon mavjud, 1 ta sport zal bor.
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org