Bahrom va Gulandom




“Bahrom va Gulandom” – Kotibiy Turshiziy “Xamsa”si tarkibiga kiruvchi doston. Nizomiy Ganjaviy “Panj Ganj”i dostonlaridan biriga javob tarzida yozilgan. Adabiyotshunoslikda dostonning nomlanishiga qarab uni “Haft paykar”ga tatab­buʼ sifatida, qoʻllanilgan sheʼriy oʻlchoviga qarab esa “Xusrav va Shirin”ga javob tarzida yozilgan degan qarashlar mavjud. Alisher Navoiy ushbu doston nomini “Majolis un-nafois”da Kotibiy Turshiziy bilan bogʻliq bobda eslab oʻtadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz