Bahrom Ro'zimuhammad




Bahrom Ro‘zimuhammad — 1961-yilda Xorazm viloyatining Shovot tumanida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1984). Shoirning „Tovushsiz qadam“ (1987), „Terakka yaqin yulduz“ (1989), „Ikki nur“ (1994), „Davsaman“ (1995), „Tinch gullaydigan daraxt“ (1997), „Kunduz sarhadlari“ (1999), „Soyalar suhbati“ (2006) kabi sheʼriy to‘plamlar muallifi. Tarjimon sifatida XX-asr nemis shoirlarining ijodidan namunalar tarjima qilgan. (X. M. Entsensberger va boshqa). Uning „Cho‘lpon — tong yulduzi demak“ risolasi chop etilgan. Bahrom Ro‘zimuhammad „Oʻzbek modern sheʼriyati“ kitobining tuzuvchilaridan biri.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz