Bahrom Norqobilov




Bahromjon Toʻrayevich Norqobilov (1973-yilda tugʻilgan, Qamashi tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻz SSR) — oʻzbek davlat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi.

Biografiya



Bahrom Norqobilov 1973-yilda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida tugʻilgan. 1995-yilda Samarqand qishloq xoʻjaligi institutini (hozirgi Samarqand Davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti) tugatgan.

2014-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi boshligʻi boʻlgan. 2017-yil 27-iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bahrom Norqobilovni O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 2019-yil mart oyidan — Davlat veterinariya qoʻmitasi raisi. 2020-yil 24-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi raisi lavozimiga tasdiqlandi. 2020-yil 22-oktyabr — MDHga aʼzo davlatlarning veterinariya sohasidagi hamkorlik boʻyicha hukumatlararo kengashining raisi etib saylandi

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz