Bahrom Haydarov




Bahrom Haydarov (ruscha: Бахромжон Хайдаров; 4-mart, 1978-yil, Fargʻona) – Oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. Oʻzbekiston Superligasi jamoalarida bosh murabbiylik qilgan. 2002-yilgi Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibida musoboqada qatnashgan.

Faoliyati



Bahrom futbolchilik foaliyatini 1997-yilda Qoʻqonning „Temiryoʻlchi“ jamoasida boshlagan. Qoʻqon jamoasida uch mavsum davomida oʻynagach, 2000-yilgi mavsumda Qarshining „Nasaf“ jamoasi oʻtgan. Qarshi jamoasi tarkibida bir necha yaxshi mavsumlarni oʻtkazdi va 2000-yilda Oʻzbekiston Terma jamoasi tarkibida oʻz debyutini amalga oshirdi. 2001-yilgi mavsumda AFC Chempionlar kubogida Nasaf jamoasining yarim final bosqichiga qadar yetib borishida katta ishni bajardi. 2003-yilgi mavsumda „Nasaf“ jamosi bilan ilk bor Oʻzbekiston Kubogi finaliga qadar yetib bordi, ammo finalda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga imkoniyatni boy bergan. 2004-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ jamosiga oʻtdi va ikki mavsum davomida oʻynagan. 2006-yilgi mavsumda „Andijon“ jamoasida oʻynagan. 2007-yilgi mavsumda Qarshiga, „Nasaf“ jamoasiga qaytdi va 18 ta oʻyinda ishtirok etgan. 2008-yilgi mavsumda Qashqadaryoning boshqa bir jamoasi, Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubi tarkibida oʻynagan. 2009-yilgi mavsumda Olmaliqning „AGMK“ jamoasi taklifini qabul qildi va ikki mavsum davomida konchilar jamoasi tarkibida oʻynagan. 2011-yilgi „Andijon“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi va mavsum yakunida futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Murabbiylik faoliyati



Murabbiylik faoliyatini 2013-yilgi mavsumda „Neftchi“ jamoasi oʻrinbosarlar jamoasining murabbiyi sifatida boshladi va jamoaning 2018-yilgi mavsumgacha bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib bordi. 2018-yilgi mavsumda „Neftchi“ jamoasining asosiy jamoaning bosh murabbiy sifatida tayinblandi. 2019-yilgi mavsumda qoniqarsiz natijalari tufayli bosh murabbiylikdan ozod etildi. 2020-yilgi mavsumda Termizning „Surxon“ klubi bosh murabbiyi sifatida shartnoma imzolagan va ikki mavsum davomida jamoada faoliyat olib bordi. 2021-yilgi mavsum soʻnggida Termiz jamoasi bosh murabbiyligidan ozod etilgan.

Yutuqlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz