Bahrom Hakimov
Bahrom Hakimov (25.02.1955; Qoʻqon, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — sovet va oʻzbek futbolchisi, hozirda murabbiy.
Faoliyati
Qo‘qon futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. Hakimov asosan futbolchilik faoliyatini hozirda „Qo‘qon-1912“ deb ataladigan „Qo‘qon“ klubi tarkibida o‘tkazgan. 1991-yilda murabbiylik faoliyatini boshlagan va o‘sha yili Qo‘qonning „Avtomobilchi“ jamoasi bosh murabbiyi yordamchilaridan biriga aylangan. 1992-yil boshida „Temiryo‘lchi“(nomini o‘zgartirgan) Qo‘qon klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan. 1993-yilning oxirigacha „Temiryo‘lchi“ jamoasini boshqargan. 1994-yilgi mavsum boshida Toshkentning „MHSK“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan. Bahrom Hakimov boshchiligida „MHSK“ 1995-yilda O‘zbekiston kubogi finaliga qadar yetib borgan va Oliy ligada ikkinchi o‘rinni egallab, mamlakat chempionati kumush medalini qo‘lga kiritgan.
1996-yil boshida Andijonning „Navro‘z“ jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanib, mavsum oxirigacha jamoani boshqargan. 1998-yilda yana Qo‘qonning „Temiryo‘lchi“ jamoasiga bosh murabbiy bo‘lib, ikki mavsum jamoani boshqargan. 2000-yil boshida Qarshining „Nasaf“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan.
Hakimov boshchiligida „Nasaf“ o‘z tarixidagi eng yuqori natijalarga erisha boshlagan. O‘sha mavsumda klub chempionatda 85 ochko to‘plab, oliy ligada yigirmata jamoa ichida uchinchi o‘rinni egallagan va bronza medallarini qo‘lga kiritgan. Bu Qarshi klubining o‘z tarixidagi ilk medali bo‘lgan. 2001-yilgi mavsumda „Nasaf“ yana bir bor Oliy liganing uchinchi pog‘onasini zabt etgan va 2002-yilda Osiyo chempionlar kubogida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. Bahrom Hakimov keyingi mavsumda „Nasaf“ni boshqarmagan. Faqat 2006-yilda kelib klub bosh murabbiyi bo‘lgan va yana klub bilan chempionatda bronza medallarini qo‘lga kiritgan. 2015-yil iyul oyida Samarqandning „Dinamo“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan.
Yutuqlari
Jamoaviy yutuqlari
„MHSK“bilan: „Nasaf“ jamoasi bilan: Shaxsiy yutuqlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org