Bahrom Firuz




Baxrom Boboyevich Firuz (tojikcha: Баҳром Бобоевич Фирӯз; 1939-yil 1-noyabr, Zarafshon okrugi, Nurota tumani, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 1994-yil 25-sentyabr, Tojikiston, Xoʻjand) — tojik shoiri, nosir va tarjimoni.

Tarjimai holi



Oʻqituvchi oilasida tugʻilgan. Samarqand pedagogika texnikumini (1956), 1962-yilda Leninobod davlat pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetini tamomlagan. 1964-yilgacha shu institutning tojik adabiyoti kafedrasida ishlagan.

Dushanbega koʻchib kelganidan soʻng jurnalistika bilan shugʻullana boshlagan: Tojikiston SSR Davlat televideniyesi va radioeshittirishining adabiy-dramatik koʻrsatuvi muharriri va bosh muharriri, „Komsomoli Tojikiston“ gazetasining boʻlim mudiri boʻlgan, „Sadoi Sharq“ jurnali bo‘lim mudiri, „Maorif“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi Bolalar va o‘smirlar adabiyoti tahririyati mudiri, „Madaniyati Tojikiston“ gazetasi, „Maorif“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi adabiyot bo‘limi mudiri.

„Sayhun“ jurnaliga asos solgan va nashr ettirgan, umrining oxirigacha, yaʼni 1994-yil 25-sentyabrgacha ushbu jurnalning bosh muharriri lavozimida ishlagan.

1971-yildan SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

Ijodi



Ilk sheʼrlari 1960-yilda respublika gazetalarida chop etilgan. „Rozhoi mahtobshab“ (1967), „Silsila“ (1973), „Tafti dil“ (1984). „Yulduz izi“ (1975), „Ruxsora“ (1978), „Ganch dar vayrona“ (1979), „Tu tanho ne“ (1980), „Haqiqati talx“ (1981), „Az arsh to farsh“ (1983) qissa va romanlaridan iborat kitoblari nashr etilgan.

Rus tilidadagi roman va hikoyalari „Ti ne odinok“ toʻplamida jamlangan („Detskaya literatura“ nashriyoti, Moskva, 1981).

„Taronai oktyabr“ (1967), „Navroʻzi“ (1968), „Kitobi subh“ (1971), „Rohi Kahkashon“ (1972), „Ehtirom ba Vatan“ (1972), „Taronai oktyabr“ (1967), „Navroʻzi“ (1968) („Xudojestvennaya literatura“ nashriyoti, Moskva 1974), „Yak dasta gusho“ (1976), „Tului oftob“ („Xudojestvennaya literatura“ nashriyoti, Moskva 1979), „Favvora“ (1979), „Furu burdan“ tojik bolalar adabiyoti antologiyasi (1981) kabi koʻplab hikoya va sheʼrlar jamlanmalari respublika va markaziy nashrlarda chop etilgan.

U hayotda oʻz oʻrnini topishga intilayotgan yoshlar, chinakam doʻstlik va muhabbat qudrati haqida yozgan.

Alohida asarlar SSSR xalqlari tillariga tarjima qilingan, Eron, Bolgariya, Chexoslovakiya, Yaponiyada bosib chiqarilgan.

Unvon va mukofotlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz