Bahrom Boboyev
Bahrom Jalolovich Boboyev — Oʻzbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.
Hayoti
1956-yil 9-iyunda Toshkentda tugʻilgan.
1980-yilda Toshkent davlat universitetining falsafa fakultetini tamomlagan.
1998-yilda Parijdagi Xalqaro diplomatik akademiyani tamomlagan.
Falsafa fanlari doktori, professor.
1980—1982 — Toshkent davlat pedagogika instituti aspiranti.
1983—1990 — Toshkent davlat pedagogika instituti falsafa kafedrasi oʻqituvchisi, soʻng dotsenti.
1990—1992 — Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining doktoranti.
1993—1997 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.
1997—1999 — Oʻzbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi birinchi kotibi.
1999—2003 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.
2003—2007 — Oʻzbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasining siyosiy maslahatchisi;
2008—2010 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi BMT va xalqaro tashkilotlar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari.
2011—2013 — Oʻzbekiston Respublikasi elchixonasining Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik boʻyicha maslahatchisi.
2013—2015 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining MDH mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.
2015—2018 — Oʻzbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi muvaqqat ishlar vakili.
2019-yildan hozirgi kungacha — Oʻzbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.
Falsafa, ijtimoiy soha va diplomatiyaga oid 2 ta monografiya va 80 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.
Fransuz va rus tillarida gapiradi.
Uylangan, uch farzandi bor.
Manbalar
uz.wikipedia.org