Bahrom Ashrafxonov
Bahrom Bahodirovich Ashrafxonov — oʻzbek iqtisodchisi va diplomati. 2020-yildan Oʻzbekistonning Ozarbayjon va Gurjistondagi elchisi. 2016-2018-yillarda Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi boʻlgan.
Biografiyasi
Maʼlumoti
Bahrom Ashrafxonov 1969-yilda tug‘ilgan. 1990-yilda Toshkent politexnika institutini, 1993-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, bir yildan so‘ng Kentukki universiteti (AQSh)ni tamomlagan.
Rus va ingliz tillarini biladi.
Mehnat faoliyati
1994—2000-yillarda AIG Trading Group (AQSh) vakolatxonasi rahbari va UZ AIG Insurance sugʻurta kompaniyasining bosh direktori lavozimlarida ishlagan.
2000—2016-yillarda O‘zbekiston Moliya vazirligida (vazir o‘rinbosari, G‘aznachilik boshlig‘i) rahbar lavozimlarda ishlagan.
2016—2018-yillarda O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bo‘lgan.
2018—yil sentyabridan „Oʻzbekneftgaz“ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi.
2019—yil fevral-sentyabr oylarida Moliya vazirining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, so‘ngra 2020-yil apreliga qadar O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimlarida ishlagan.
2020—yil aprel oyidan O‘zbekistonning Ozarbayjon va Gurjiston davlatlaridagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Manbalar
uz.wikipedia.org